Ilg'or Texnologiyalar
Markazi

2024 yil 15 noyabrda Toshkent shahrida «FAN VA INNOVATSIYALAR» yosh olimlar xalqaro ilmiy anjumani bo‘lib o‘tadi Anjuman tashkilotchisi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi. Anjuman «INNOWEEK-2024» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi va «Science and Innovation for peaceful and sustainable future» Xalqaro yoshlar forumi doirasida o‘tkazilmoqda. Anjumanning asosiy maqsadi ilmiy jamoatchilikka va salohiyatli investorlarga biologiya, fizika, kimyo va geologiya kabi tabiiy fanlar sohasidagi zamonaviy yutuqlarini taqdim etish, shuningdek, fan, texnika va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tadqiqotlarining hozirgi tendensiyalari va natijalarini muhokama qilish.

Pdfni yuklash